На русском | O’zbekha | English

Новости

БИЗНЕСЦЕМ Ташкент 2017г.

Текст предоставлен на государственном языке



2017 yilning 20-23 noyabr kunlari «O‘zqurilishmateriallari» AJ tomonidan Markaziy Osiyo «Sement sanoati va bozori» XV Xalqaro Konferensiyasi o‘tkazilmoqda.

«O‘zqurilishmaterillari» AJ va Rossiya Federatsiyasining «BiznesSem» kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan konferensiyada dunyoning sanoati taraqqiy etgan 16 mamlakatidan 47 nufuzli kompaniya rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Ular orasida Dunyo sement ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi (Buyuk Britaniya), AUMUND, GeoCon GmbH, Refrotenik Cement GmbH, Haver&Boecker, Thyssenkrupp Indastrial (Germaniya), FLSmidth A/S (Daniya), FUNDICIONES DEL ESTANDA, S.A. (Ispaniya), INDO CHAINS (Hindiston), PSP Engineering (Chexiya), DAL Teknik Makina, FOSROC IDEA (Turkiya), Soyuzsement, Vselug va boshqa..(Rossiya), FIVES, ITECA SOCADEI (Fransiya), SVENTA AG (Shvetsariya) kompaniyalari bor.

O‘zbekistonda yettinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu forumda sement va qurilish materillari ishlab chiqaruvchi 38 mahalliy kompaniya vakillari, ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish institutlari olimlari, oliy o‘quv yurtlari tadqiqotchilari ishtirok etmoqda.

Tadbirda mutaxassis va tadqiqotchilarning sement ishlab chiqarishga oid yangi ishlanmalar, yoqilg‘i va elektr energiyasini tejagan va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirgan holda yuqori sifatli sement tayyorlashga erishish, mahsulot tan narxini kamaytirishga oid ma’ruzalari tinglanadi.

Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad sement sanoatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, sohada yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan o‘zaro fikr almashish va umumiy kelishuvlarga erishishdan iborat.

Konferensiya tadbirlari bilan bir vaqtda dunyoga mashhur, yirik kompaniyalarning sement sanoati uskunalari, texnikalari ko‘rgazmasi ham o‘tkaziladi.

Tadbirlar doirasida xorijlik ishtirokchilarning «O‘zqurilishmateriallari» AJ tarkibidagi sement ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalariga texnik sayohati ko‘zda tutilgan.

Markaziy Osiyo «Sement sanoati va bozori» XV Xalqaro Konferensiyasi 2017 yilning 20-23 noyabr kunlari «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.


Оставьте свой комментарий

НОВОСТИ И СОБЫТИЯ ЗАВОДА

24 ноября 2023
24 ноября 2023
25 октября 2023
23 октября 2023